Jahon | 21:30 / 18.10.2018
22538
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Moldova prezidenti bilan uchrashuvda mudrab qoldi (video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moldova prezidenti Igor Dodon bilan matbuot anjumanda mudrab qoldi. Erdo‘g‘anning ko‘zlari yumilib, uni bir necha soniya mudroq bosgan.

Erdo‘g‘an 17 oktabrdan beri Moldovada tashrif bilan qolmoqda. Ikki rahbar o‘zaro uchrashuv vaqtida strategik hamkorlik haqida memorandum imzolashgan.

O‘tgan yil ham Erdo‘g‘an bilan shunga o‘xshash holat yuz bergandi. U ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko chiqishi vaqtida mudrab qolgandi. 

Mavzuga oid