Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqariş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror mamlakat eksport salohiyatini kengaytiriş, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining tölaqonli rivojiga tösqinlik qilayotgan ğovlarni bartaraf etiş, eksport faoliyatining davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişini takomillaştiriş, şuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqarişning kompleks tizimini taşkil etiş maqsadida qabul qilinmoqda:
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Qişloq xöjaligi vazirligining quyidagi tartibni belgilaş töğrisidagi takliflari qabul qilinmoqda:
- yuridik şaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvçilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki tölovsiz, akkreditiv oçmasdan, bank kafolatini rasmiylaştirmasdan hamda eksport şartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan suğurta polisisiz amalga oşiriş huquqiga egadirlar;
- yuridik şaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tuşumlarni öz vaqtida ta'minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvçilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilişda 100 foizlik oldindan tölov oliş talablari ularga qöllangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvçilar reyestriga kiritiladilar;
- tadbirkorlik sub'yektlari ulgurji savdo qiliş litsenziyasiga ega bölmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşiriş huquqiga egadirlar. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksport tuşumlariga yagona soliq tölovi tölanişini nazarda tutuvçi soliqqa tortiş tartibi qöllaniladi;
- eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona körigidan ötkazilmaydi, bojxona qonun hujjatlari buzilişi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma'lumotlarning işonçliligi, şuningdek, tovarlarni Özbekiston Respublikasi bojxona çegarasidan noqonuniy olib ötiş uçun eksport qiluvçi javobgardir;
tadbirkorlik sub'yektlari özlariga ajratilgan yer uçastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetiştiriş joylarida suğoriş, tayyorlaş va saqlaş böyiça infratuzilma obektlari quriş uçun








