Izotop ilmiy institutiga 1959 yilda asos solingan. Institut uzoq muddatga ega bölgan radioizotop texnologiyalari işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanadi. Ötgan yillar davomida Institut diagnostikadan tortib köplab mahsulotlar uçun buyurtma asosida radioaktiv manbalar işlab çiqardi. Mahsulotlar GMP, ISO9001, ISO13485, ISO14001 xalqaro sifat standartlariga mos keladi.

Muzokaralar davomida Mixay Lakatoş Özbekiston bilan radioizotop texnologiyalari işlab çiqariş böyiça özaro hamkorlik yölga qöyilganligini bildirdi. Jumladan, mamlakatda faoliyat yuritayotgan Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşidagi "Radiopreparat" davlat korxonasi bilan radioaktiv izotopli mahsulotlar savdosi böyiça özaro hamkorlik aloqalari mavjud.

Elçi Oybek Şaxavdinov radioaktiv izotopli mahsulotlarni işlab çiqariş va eksportni rivojlantiriş böyiça Özbekistonda yetarli şart-şaroitlar yaratilganini ma’lum qildi. Bu yönalişda Özbekistondagi ilmiy taşkilotlar va mazkur institut örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda yaqindan yordam beriş istagi bildirildi. Şuningdek, GMP sertifikatini oliş böyiça Yevropa Ittifoqidagi davlatlardagi tegişli organlar bilan hamkorlik qilişga tayyorlik tasdiqlandi.

Uçraşuv yakunida xalqaro standartlarga mos keluvçi va barça zarur sertifikatlarga ega Özbekistonda işlab çiqarilgan radioaktiv izotopli mahsulotlarni eksport qilişda Izotop instituti bilan uzoq muddatli şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş maqsadida özaro muloqotlarni davom ettirişga kelişib olindi.