Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosatom» vakili «O‘zatom» bosh direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Foto: Today.kz
Vitaliy Yurevich Dragunov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar berdi.
Dragunov shu kunga qadar “Rosatom”ning Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori sifatida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi prezidentning 2018 yil 19 iyuldagi PF–5484-son “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.
“O‘zatom” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
“O‘zatom” agentligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:49 / 19.08.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston AES quriladigan maydonlarning seysmik xavfsizligini muhokama qildi
10:49 / 23.06.2025
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda Yadro tibbiyoti markazi tashkil etiladi
08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti
19:45 / 20.06.2025