O‘zbekiston | 19:28 / 20.10.2018
158076
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan birga Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Ular bilan ushbu davlat rahbari Nursulton Nazarboyev uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: akorda.kz

Turkiston viloyatining Sariog‘och shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuv davomida davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni muhokama qildilar.

Foto: akorda.kz

Bundan tashqari, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-19 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20ta hujjat imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid