Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk-arab uyushmasi Qoshiqchining o‘limida Saudiya Arabistoni rahbariyatini aybladi
Saudiya Arabistoni rahbariyati jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi uchun javobgar. Bunday fikrni turk-arab ommaviy axborot vositalari uyushmasi rahbari Turon Qishloqchi aytib o‘tdi.
“Qadrdon do‘stimiz, jurnalist, uyushmamiz a'zosi qonxo‘r qotillar tomonidan vahshiyona o‘ldirildi. Jamolning o‘limi nafaqat mintaqa, balki butun dunyo e'tiborini tortdi. Biz uning qotillari jazolanishini istaymiz. Biroq biz nafaqat 18 kishining, balki bunday buyruqni bergan hukumatning jazolanishini ham istaymiz”, deb aytgan Qishloqchi.
U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ushbu ishning tergov qilinishidagi ko‘mak uchun minnatdorlik bildirgan hamda Saudiya Arabistonining Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha bergan bayonotining “haqiqatdan yiroq”ligini aytgan.
“Biz Jamol oilasi xavfsizligi ta'minlanishiga chaqiramiz va asosiysi – odil sudlovni talab qilamiz. Qirol Salmon buni qila olishiga shubha bildirmaymiz. Biroq uni bu masalada qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan qirollik oilasini oqillikka chaqiramiz”, deb aytilgan Qishloqchi bayonotida.
“Biz Donald Trampning qurol sotuvchilar manfaatini himoyalash maqsadida bergan bayonotini AQSh jamiyati uchun muvaffaqiyatsiz va sharmandali deb hisoblaymiz. AQSh kongressining nufuzli a'zolari qo‘llab-quvvatlashiga umid qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Qishloqchi.
U jurnalistning o‘limi “dunyoni o‘zgartirishi”ga umid bildirgan. “Yaqin Sharqning repressiv tuzumlari jurnalistlarning faoliyatiga boshqa bunday osonlikcha aralashmaydi. Jurnalistlarga hujumlar to‘xtaydi va Jamolning o‘limi mintaqamizda hurfikrlik va jurnalistikaning tiklanishiga turtki bo‘ladi”, deyilgan bayonotda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni bosh prokurori Qoshiqchi Saudiya Arabistoni konsulligidagi nizo oqibatida o‘lganini aytgan. Ushbu ish bo‘yicha 18 saudiyalik qo‘lga olingan va valiahd shahzodaning bosh yordamchilari – umumiy razvedka xizmati rahbari o‘rinbosari Ahmad Asiriy va qirollik devonxonasi maslahatchisi Saud Al-Kahtaniy o‘z lavozimlaridan chetlatilgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026