Jahon | 19:13 / 22.10.2018
19615
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In hashamatli buyumlarga 640 mln dollar sarfladi

Foto: KCNA KCNA/Reuters

Janubiy Koreya parlamenti deputati Yun San Xenning aytishicha, 2017 yilda Shimoliy Koreya sanksiyalarga qaramay 640 million dollarlik hashamatli buyumlar sotib olgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xaridlarga Xitoydan import umumiy hajmining 17,8 foizi to‘g‘ri keladi. U 3,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.

«Kim Chen In Xitoy va boshqa mamlakatlarda gidrosamolyot, qimmatbaho musiqa asboblari, eng so‘nggi televizor tizimlari, avtomobillar, spirtli ichimliklar, soatlar, mo‘ynali mahsulotlarni sotib olgan», - deya ta'kidlab o‘tdi Xen.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu xaridlarning aksariyati KXDR elitasi uchun sovg‘alar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti KXDR yetakchisining rejalarini oshkor qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid