Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi tashkil etiladi
Xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirish va qamrovini kengaytirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi faoliyatini tashkil qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. KUN.UZ muxbiri hukumatdagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazini tashkil etishga doir investitsion loyiha Alles Sag'lik Group xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Investor 12 oy davomida o‘z mablag‘lari evaziga 5 million dollar sarmoya jalb qilish, tegishli obekt rekonstruksiyasi va kapital ta'mirlovi, uni jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash mas'uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Statsionar 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, zamonaviy gemodializ va laboratoriya diagnostika markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Qarorga muvofiq, markaz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanuvchi me'yorlar asosida beminnat tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Mazkur qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev zimmasiga yuklatildi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

11:25 / 16.07.2025
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025