O‘zbekiston | 21:42 / 23.10.2018
22698
2 daqiqa o‘qiladi

​​Dilorom Toshmuhamedova deputat bo‘ldi

Dilorom Toshmuhamedova Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston «Adolat» SDP matbuot xizmati xabar bermoqda.

14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlar bo‘lib o‘tgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasining 2018 yil 16 oktabrdagi №17-sonli Qaroriga asosan, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Dilorom Toshmuhamedova Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, Dilorom Toshmuhamedova 2001-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a'zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2008 yilgacha «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi va partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari etib tayinlangan. 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri etib saylanib, 2015 yilgacha parlament Quyi palatasiga rahbarlik qilgan.

2017 yildan buyon, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.