AT “Aloqabank” ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq deb topildi
AT “Aloqabank” xalqaro sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablari asosida Germaniyaning TÜV International Certification sertifikatlash tashkiloti tomonidan auditdan o‘tkazildi. Audit natijalariga ko‘ra bankka xalqaro sifat menejmenti tizimi bo‘yicha “Bank xizmatlarini ko‘rsatish” sohasida DIN EN ISO 9001:2015 sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur sertifikat bankning Bosh ofisi va barcha filiallarini o‘z ichiga olgan holda mijozlar hamda manfaatdor tomonlarning talablarini bajarishni, shuningdek, sifat sohasidagi doimiy yuksalishlarni maqsad qilgan.
Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablarining bankka joriy etilishining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Mijozlar talabiga javob beruvchi bank xizmatlarini ko‘rsatish;
- Mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqqanlik darajasini oshirib borish;
- Strategik maqsadlar va vazifalarga bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlar va tavakkalchiliklarni ko‘rib borish;
- Sifat menejmenti tizimi talablari asosida biznes jarayonlarini tashkil etish.
AT “Aloqabank” sifat sohasidagi asosiy maqsadlarga erishish va uni amalga oshirish uchun o‘z oldiga quyidagi asosiy yo‘nalishlar va vazifalarni belgilab olgan:
- xalqaro menejment tamoyillari va usullarini amalga oshirish hamda Korporativ boshqaruv Kodeksini amaliyotga joriy etish orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
- bank mijozlari, aksiyadorlari va hamkorlari manfaatlarini hisobga olgan holda bank faoliyati samaradorligini oshirish;
- tavakkalchiliklarni baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish;
- mijozlarning joriy va istiqbolli talablari hamda istaklarini tizimli tahlil qilib borish;
- chakana xizmatlarni ko‘rsatish ulushini ko‘paytirish;
- samarali bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda boshqarish sifatini oshirish maqsadida, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish;
- bankning yuksak imidjini shakllantirish, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish hamda bankning strategiyasiga muvofiq holda marketing strategiyasini joriy etish maqsadida marketing va jamoatchilik bilan aloqalarning zamonaviy usullaridan keng foydalanish.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 19.09.2024
Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi
12:40 / 22.07.2024
O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi
17:00 / 15.07.2024
AloqaBank 30 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya e’lon qildi
19:03 / 27.06.2024