Umid Ahmadjonov izoh berdi: JAKO terma jamoani tekinga kiyintiradi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Germaniyaning JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan erishilgan hamkorlik kelishuvi bo‘yicha KUN.UZ muxbiriga batafsilroq ma'lumot berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, JAKO bilan 3 yillik kelishuv tuzilgan va JCh-2020 sikli yakuniga qadar ushbu kompaniya O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga tekinga ekipirovkalar yetkazib beradi. Olimpiya terma jamoasi esa oldinroq erishilgan kelishuv bo‘yicha PRES-JOG tomonidan kiyintiriladi.
«JAKO bir yilda 365 komplekt yetkazib berib turadi. Hammasi tekinga. Ichida 96 xil narsasi bo‘ladi, kurtkalaridan tortib, paypog‘igacha. Taqqoslash uchun, Adidas atigi 20 xil kiyimdan iborat komplekt taklif qilgandi.
Osiyo kubogi uchun ham maxsus forma qilib beriladi. Keyinroq, alohida dizayn ishlab chiqilib, hamisha shu dizayndagi liboslar kiyiladi», deydi Umid Ahmadjonov.
Qayd etish kerakki, sentabr oyi boshida O‘FA Adidas bilan shartnoma tuzishi haqida xabar tarqalgandi. Ammo sinov muddatidan keyin bu variantdan voz kechilgan.
25 oktabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.
Ma'lumot uchun, Germaniyaning sport kiyimlari, oyoq kiyimlari va aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Jako kompaniyasiga 1989 yili Rudi Shpryugelem shahrida asos solingan. Kompaniya dunyoning 40dan ortiq davlatida faoliyat ko‘rsatadi. Bosh ofisi Germaniya janubi-g‘arbidagi Baden-Vyurtemberg yerida, Mulfingen kommunasi, Xollenbax okrugida joylashgan.
Jako Avstraliya chempionatidagi bir necha klublarni kiyintiradi, shuningdek, Osiyoda Iroq, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar va BAAdagi klublar bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Latviya, Niderlandiya, Serbiya, Slovakiya, Shveytsariya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, Islandiya, Polsha va Rossiya kabi davlatlarda ham ishlaydi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019
Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda
13:58 / 13.06.2019