Jahon | 22:20 / 26.10.2018
36562
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramizning ikkita yangi tabiiy “yo‘ldoshi” aniqlandi

Foto : Lauri Voutilainen

Olimlar sayyoramiz atrofida, taxminan 400 ming kilometr uzoqlikda aylanuvchi ikkita ulkan chang buluti mavjudligini tasdiqlashdi. Ularning xulosalari MNRAS jurnalida taqdim qilingan.

“Kordilevskiy bulutlari – Yer atrofidagi ikkita eng payqalmas obekt bo‘lib, ular sayyoramizdan Oy kabi masofada joylashgan va shu sababli astronomlar ularni deyarli hech qachon payqashmaydi.Shu tufayli sayyoramizning bu ikki psevdo-yo‘ldoshi mavjudligini tasdiqlay olganimizdan juda xursandmiz”, deb aytgan Budapesht universiteti xodimi Yudit Shliz-Balog.

18-asrdayoq olimlar kichik o‘lchamli samoviy jismlar ma'lum shartlarda sayyora bilan bir orbita bo‘ylab harakatlanishi mumkinligini o‘rnatishgan.

Bunday minglab obektlar yoki “troyan asteroidlar” Yupiter, Mars va Neptun orbitalarida ancha avval topilgan, biroq yaqin vaqtgacha olimlar bunday asteroidni sayyoramiz yaqinida topa olishmagan. Olimlarning aytishicha, sayyoramizning “troyan” yo‘ldoshlarini sayyoramiz sirtidan qaralganda Quyoshga juda yaqin bo‘lgani uchun izlash qiyin. 

Bugungi kunda Yerning bor-yo‘g‘i 6 ta kvaziyo‘ldoshi ma'lum. Ularning barchasi bittasidan tashqari juda beqaror orbitalar bilan aylanadi va ulardan bir qismi sayyoramiz ortidan harakatlanishdan to‘xtab, uning orbitasini ochilganidan bir necha yil o‘tib tark etgan.

Mavzuga oid