O‘zbekiston | 22:52 / 27.10.2018
23363
1 daqiqa o‘qiladi

“Kuzakda daraxtlar gullaydi”. Yurtim kuzi manzaralari...

Muxbirning ishi yo‘lda yurish. Askarning qo‘lida quroli bo‘lsa, jurnalistga fotouskuna degan aslaha zarur. Maqolaga kerakli fotosuratlar bilan birgalikda, yo‘l-yo‘lakay nedan hayratlansa suratga olaveradi.

Yurt kezib, to‘rt fasl o‘tganini sezmay qolasiz. Katta-kichik, so‘qmoq yo‘llardan yurib, kuzda tabiat o‘zgacha chiroy ochganidan hayratlandim. Xuddi, bahorda mevali daraxtlar qiyg‘os gullaganidek, kuzak daraxt va o‘simliklarni falsafaga yo‘g‘rilgan ranglarga burkabdi.

Yaratgan in'om etgan turfa chizgilar ila bo‘yangan daraxtlar sizni ajib manzaralar sari boshlaydi.

Vodiy kezib yo‘l bo‘ylarida olgan suratlarimni baham ko‘rmoqchiman.

 

Elmurod Ermatov