Meksika AQShga yo‘l olayotgan muhojirlarni qabul qilishga rozi bo‘ldi
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto Markaziy Amerikadan AQSh tomon yo‘l olayotgan minglab muhojirlarni qabul qilishga tayyorligini e'lon qildi. U bu haqda tvitterda ma'lum qilgan.
“Biz bugun Meksikadagi markaziy amerikalik muhojirlar uchun “O‘z uyingdasan” rejasini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Ushbu reja bu muhojirlarga vaqtinchalik bandlik hamda tibbiy yordam va bolalar uchun maktablar dasturlaridan foydalanishga imkon beradi”, deb yozgan Neto.
Uning ta'kidlashicha, ushbu dasturdan boshpana berilishini so‘ragan yoki mamlakatda qolishini qonunlashtirgan muhojirlargina foydalana oladilar. Ushbu reja Chyapas va Oaxaka shtatlarida amal qiladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 15 oktabrda 3 ming muhojir Gonduras va Gvatemala chegarasini kesib o‘tib, Meksika tomon yo‘l olgan. Keyinroq ularga yana 1,3 ming kishi qo‘shilgan.
24 oktabrda AQSh tomon minglab gondurasliklardan iborat ikkinchi karvon yo‘l olgani ma'lum bo‘lgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ular uchun chegaralar yopilishi va boshpana berilishi taqiqlanishi mumkinligini aytgan. Shu maqsadda janubiy chegaralarga harbiylar jo‘natilgan. Tramp shuningdek muhojirlar yurishi sababli Lotin Amerikasi davlatlariga moliyaviy yordam kesib tashlanishi bilan po‘pisa qilgan.
Mavzuga oid
21:03 / 29.10.2024
Aspirant tasodifan Meksika junglilarida yo‘qolgan shaharni topdi
14:10 / 21.10.2024
Meksika HDK sakkiz tonnadan ortiq narkotikni musodara qildi
20:19 / 07.10.2024
Meksikada lavozimiga tayinlanganiga 6 kun bo‘lgan mer o‘ldirib ketildi
00:24 / 02.10.2024