23:00 / 27.10.2018
7861

Turkmaniston klubi OFK Kubogi finalida yutqazdi

Bugun, 27 oktabr kuni OFK Kubogining final bahsi o‘tkazildi.

Unda Iroqning «Al-Quvvatul Javiya» va Turkmanistonning «Oltin asr» klublari bellashdi. O‘yin iroqliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Natijada, «Al-Quvvatul Javiya» o‘z tarixida uchinchi marta musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bundan oldin jamoa 2016 va 2017 yillarda kubokni qo‘lga kiritgan edi. «Oltin asr» esa Turkmaniston futboli tarixida ilk marotaba finalda o‘ynadi.

OFK Kubogi, final
27 oktabr, Basra (Iroq)
Al-Quvvatul Javiya (Iroq) - Oltin asr (Turkmaniston) 2:0
Gollar:
 Ahmad (22), Bayish (57)

Mavzuga oid
Top