Özbekistonning Ukrainadagi elçisi “Interfaks” axborot agentligiga intervyu berdi. Suhbat davomida Ukraina tomonidan özbek avtomobillariga nisbatan olib borilayotgan tergov-suriştiruv işlari haqida gapirib berdi.

— Ukraina Özbekistondan yengil avtomobillar importi masalasida tergov-suriştiruv işlari haqida bayonot berdi. Siz buni qanday izohlaysiz?

— Bu bizni nimadir ayblab, ta'sir ötkazib, avtomobillarimizning olib kirilişiga çeklov örnatiş borasidagi birinçi uriniş emas. Bu marta Ukraina tomoni avtomobil sanoatiga davlat tomonidan subsidiya ajratilişi masalalarini örganadi. Bungaça dempingga qarşi suriştiruvlar ötkazilgan edi. Öşanda biz ikki tomonlama işçi tartibda, normal hamkor davlatlar sifatida işladik, bir qarorga keldik va kun tartibidan oğriqli savollarni olib taşladik. Bu safar ham Özbekiston tomoni işçi maslahatlaşuvlar şaklida masalani örganib çiqişni taklif etmoqda. Bundan taşqari, Ukraina va Özbekiston ikki karra erkin savdo zonasida bölib turişibdi, şu sababli biz korxonalarimizga öz mahsulotlarini ötkaziş uçun bozorga çiqişlarini ta'minlaşda barça yordamni berişimiz kerak.

Hozir Ukraina tomoni “UkrAvto” avtomobil işlab çiqaruvçilarining arizasi asosida tergov-suriştiruv işlarini boşlagani bildirilmoqda. Umid qilamanki, bu suriştiruv Özbekistonga borib, ma'lumot töplab ötkaziladi, çunki Ukrainada ötirib ular yaxlit manzarani köra olişmaydi. Agar şunday suriştiruv boşlansa, men uning xolis va şaffof ötişidan umid qilaman.

Buning uçun Ukraina tomoni hozir savolnoma tayyorlamoqda, bizning avtomobil işlab çiqaruvçimiz ham ariza berib jarayonda qatnaşiş istagida. Bizning yakuniy maqsadimiz Ukraina hududida yaşovçi insonlarga arzon va sifatli maşina yetkazib beriş. Ukraina tomonidan qabul qilinadigan çoralar iste'molçi uçun maşinalar qimmatlaşişi, qöşimça bojlar joriy etilişi, bu esa öz navbatida narxlarning sezilarli oşişiga sabab böladi. Ukrainaliklar oldida ikkita tanlov qoladi: yoki Yevropadan eski avtomobillarni noqonuniy yöllar bilan olib kiriş va umuman soliq tölamaslik, yoki sifatli texnikani xarid qilib servis va xizmatlardan foydalaniş.

Bu yerda şuni alohida qayd etib ötiş joizki, Ukrainada işlab çiqarilayotgan avtomobillarga öxşaş Özbekiston yengil avtomobillari uluşi 2015 yilda 0,35 foizni, 2016 yilda 0,22 foizni, 2017 yilda 0,87 foizni taşkil etgan. 2017 yilda “Ravon” modeli sotuvlar böyiça 10-örinni egallagan. Bunday past sotuv hajmlariga ega bölgan “Ravon”ning qanday qilib Ukraina avto işlab çiqaruvçilariga zarar yetkazayotgani tuşunarsiz. Mening kuzatişimça, bularning barisi qasddan diskriminatsiya qiliş, aniqroği, raqobatçini bozordan siqib çiqarişdir.