22:30 / 28.10.2018
46055

«Barselona» «Real»ga 5ta gol urdi

Ispaniya chempionatining 10-turida «Real» «Barselona» mehmoni bo‘ldi. «Kamp Nou» stadionida kechgan el-klasiko bahsi mezbonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Foto: AFP/Getty Images

Birinchi bo‘limni o‘ta kuchli o‘tkazgan kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limda qarshi hujumlarda raqib xatolaridan unumli foydalanishdi.

O‘yin boshidayoq Felipe Koutino hisobni ochdi, bo‘lim o‘rtalarida Luis Suares ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida madridliklar faollashdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi - Marselo javob golini urdi. Ammo Luis Suares ketma-ket ikki gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi, zaxirada o‘yinga tushgan Arturo Vidal esa to‘pga birinchi tegishidayoq gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 5:1.

Foto: AFP/Getty Images
Foto: AFP/Getty Images
Foto: AFP/Getty Images
Foto: AFP/Getty Images

Endilikda «Barselona» 21 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni mustahkamladi, «Real» 14 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.

Keyingi turda katalonlar jamoasi «Rayo Valekano» maydoniga safar qiladi, madridliklar «Valyadolid»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 3 noyabrga belgilangan.

Ispaniya chempionati
10-tur

Barselona – Real Madrid 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 11 Koutino, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutino (Dembele, 74), Suares.
Real Madrid –  Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.
Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).

Top