Turkiyaning Istanbul şahrida Turkiya, Fransiya, Germaniya va Rossiya yetakçilari iştirokida Suriya mojarosini tartibga soliş masalalariga bağişlangan tört tomonlama muzokaralar bölib ötdi. Mazkur sammit Suriya masalasiga bağişlab bunday formatda ötkazilgan ilk uçraşuv böldi.

Tadbir mezboni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tört yetakçi iştirokidagi muzokaralar yakunini sermahsul va konstruktiv deb atadi, deb yozadi Anadölu agentligi.
Erdöğanning ta'kidlaşiça, Suriyadagi mojaroni bartaraf etiş nafaqat ostona jarayoni doirasida, şuningdek kengroq formatda hal qilinişi kerak va bugungi sammit buning yaqqol dalili böla oladi.
Erdöğan Istanbul sammiti qatnaşçilari Suriya xalqining qonuniy talablarini hisobga olgan holda uşbu mamlakatda barqarorlikka erişiş va siyosiy murosaga keliş yöllarini muhokama qilişganini ta'kidladi. “Fransiya va Germaniyaning iştiroki Ostonada boşlangan muzokaralar tufayli boşlangan ijobiy jarayonlar uçun salmoqli hissa qöşadi”, — degan Turkiya prezidenti.
Tört davlat yetakçilari ikki tomonlama hamkorlikni kuçaytiriş va xalqaro darajada özaro hamjihatlikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini bildirişdi.
Erdöğanning sözlariga köra, Suriyadagi mojaroning avj olişiga asosiy sabab jahon hamjamiyatining vaziyatga öta beparvo munosabati bölgan. Jahon hamjamiyatining loqaydligi Suriyadagi tanazzulning yanada çuqurlaşişi va mojaroning umumbaşariy muammo tusini olişiga sabab böldi, degan Turkiya yetakçisi.
Uning qayd etişiça, köplab davlatlar qaçonki fojia oqibatlari ularning çegarasigaça borib yetgaçgina Suriya mojarosi tahdidlarining miqyosini anglab yetişgan.
Turkiya prezidenti Suriyadagi mojaroni harbiy yöl bilan hal qilib bölmasligiga urğu berdi.
Tomonlar Suriyada Konstitutsiyaviy kengaşni zudlik bilan tuziş kerakligi borasida yakdil töxtamga kelişgan. Bunday organ bir yil içida şakllantirilişi mumkin.
“Birinçi navbatda Jyenevada Suriyaning kelajakdagi davlat tuzumiga oid asosiy masalalarni körib çiqadigan konstitutsiyaviy qömita faoliyatini işga tuşiriş kerak. Bu holda Suriya milliy muloqotining Soçida ötgan kongressida qabul qilingan qarorlar ham hisobga olinişi kerak”, — degan RF prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya prezidentiga köra, qömita samarali iş olib borişi uçun u “Suriyadagi barça tomonlar uçun legitim deb topilişi va ularning hurmatiga sazovor bölmoği kerak”.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron öz navbatida qömitaning iş boşlaşini intizorlik bilan kutayotganini ma'lum qildi
“Soçida bölgan uçraşuvdan töqqiz oy ötib ham qömita hanuzgaça iş boşlamadi. Şu sababli biz yil oxirigaça kutilayotgan röyxat şakllantiriladi va uçraşuv taşkillaştiriladi degan istagimizni keçiktirmasdan tasdiqlaşimiz kerak”, — degan Makron. Biroq, u bu işda siljiş közga taşlanmayotganini ham ta'kidlab ötdi.
Vladimir Putin Makronning gaplariga töliq qöşilmasligi, bu borada juz'iy ijobiy özgarişlar bölayotganini bildirdi.
Rejaga köra Konstitutsiyaviy qömita Suriyaning yangi asosiy qonuni va u yerda ötkaziladigan saylovlarga tayyorgarlikni ta'minlaydi. Biroq uni tuziş muddati bu tuzilma a'zolarining röyxatini Suriya hokimiyati va muxolifat guruhi kelişa olmayotgani bir neça bor ortga surildi.
Angela Merkel uşbu uçraşuvni “favqulodda sermahsul” deb baholadi. Merkel xonimning aytişiça, har tört tomonning yondaşuvi muştarak bölmagan esa-da, yakuniy bayonot qabul qilinganining özi sammit iştirokçisi bölmiş tört davlatning maqsadlari umumiy bölganini anglatadi.
GFR kansleri kimyoviy qurolni işlatilişiga yöl qöymaslik masalasiga alohida töxtaldi. Bu mojaro iştirokçilari uçun öziga xos signal sifatida baholaş mumkin. Germaniya Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etmayapti, biroq Merkelning sammmitdagi iştiroki uning uçun qoçqinlar masalasini rossiyalik hamkasbi bilan hal qilişi muhimligini anglatadi.
Tört davlat yetakçilari fikriga köra, suriyaliklarning vataniga qaytişi ixtiyoriy asosda, xalqaro huquq normalari doirasida, xavfsizlik çoralari qöllangan va BMT bilan muvofiqlaştirilgan holda amalga oşirilişi kerak.











