Belarus prezidenti “erkak bo‘lish uchun” nima qilish kerakligini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, u har kuni sport bilan shug‘ullanishga 2 soatga yaqin vaqt ajratadi. Lukashenko bu haqda Belarus yoshlar ittifoqi faollari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Men umuman sportzalda shug‘ullanmayman, biroq sportga ko‘p e'tibor qarataman. Men kuniga sport bilan shug‘ullanishga 2 soat yoki undan sal ko‘proq vaqt ajrataman. Buni so‘zsiz qilaman. Sizga ham shuni maslahat qilaman. Sizning ortingizdan bolalar tortilishadi”, deb aytgan Lukashenko.
Uning aytishicha, u zalda va yugurish yo‘lakchasida emas, balki ochiq havoda mashq qilishni afzal ko‘radi. “Bu ajoyibdir, ayniqsa ertalab. Ko‘chaga chiqding, yugurib kelding. Ertalab 35-40 daqiqa sport bilan shug‘ullanish kerak, ayniqsa erkaklarga, erkak bo‘lish uchun. Yugurib kelding, oyoqlaringga zo‘riqish berding, biror joyda tortilib, qorin mushaklaring bilan mashq qilding”, deb tavsiya bergan Belarus rahbari.
Mavzuga oid
20:49 / 11.11.2024
Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
14:30 / 05.11.2024