Ming dollarlik banknota 2 million dollarga sotildi
AQShdagi auksionda noyob ming dollarlik banknota 2 mln dollarga sotildi. Bu haqda Fox News portali ma'lum qildi.
Auktsion 25 oktabrda Baltimor shahrida Stack’s Bowers Galleries auksion uyi tomonidan o‘tkazilgan.
1890 yilda chop etilgan kupyura orqa tomonidagi yashil rangdagi yo‘l-yo‘l nollar sababli “Katta Tarvuz” (Grand Watermelon) deb atalgan. Banknotaning old tomonida 1863 yilda AQShdagi fuqarolik urushining hal qiluvchi jangida general Lini tor-mor etgan general-mayor Jorj Gordon Mid surati tasvirlangan.
Kollektsionerlarga shunday banknotadan bor-yo‘g‘i 7 ta borligi ma'lum. “Ushbu banknota muomalada bo‘lgan eng noyob va orzu qilinadigan kupyuralardan biridir”, deb aytgan auksion uyi direktori Brayan Kendrella. Uning aytishicha, xususiy kolleksiyalarda bunday kupyuradan 3 tasi saqlanadi va savdoga qo‘yilgani ular ichida eng yaxshi saqlangani hisoblanadi.
Banknota 2005 yilda ham sotilgan. O‘shanda u million dollardan qimmatroqqa sotilgan ilk kupyura bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024