Jahon | 20:21 / 30.10.2018
6973
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi yangi operatsiya boshlamoqchi

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyada Frot daryosidan sharqda terrorchilarga qarshi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni yakunlaganini ma'lum qildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi ma'lum qildi.   

“Biz samaraliroq operatsiyalar yordamida terrorchilik guruhlari ustidan g‘alabaga erishamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Turkiya armiyasi 28 oktabrda Suriyaning shimolidagi Kobani shahridagi kurd mudofaa kuchlari pozitsiyalariga artilleriya zarbalari bergan.  

Turkiya armiyasi 2016 yil avgustda IShID terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi "Frot qalqoni" operatsiyasini boshlagan. Bu operatsiya davomida Suriya muxolifati ishtirokida Suriya shimolidagi Jarablus shahri va Al-Bob shaharlari qo‘lga kiritilgan. 2017 yil mart oyi oxirlarida operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangani e'lon qilingan.

Joriy yilning yanvarida Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin shahridagi kurd tuzilmalariga qarshi "Zaytun shoxi" operatsiyasini boshlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid