20:00 / 31.10.2018
28823

«Lester» xo‘jayini vertolyotining halokatga uchrashi videosi paydo bo‘ldi

Foto: Getty Images

Internetda “Lester” klubi stadioni yonida klub xo‘jayini Vichay Srivaddxanaprabxa vertolyotining qulashi videosi paydo bo‘ldi. Videoda vertolyot stadiondan havoga ko‘tarilayotgani, so‘ngra o‘z o‘qi atrofida aylanib, stadion ortiga qulagani tasvirlangan.

Voqea Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Lester Siti” – “Vest Xem Yunayted” uchrashuvidan keyin yuz bergan.

Ma'lum qilinishicha, aviahalokatda  Srivaddxanaprabxadan tashqari uning qizi, ikki uchuvchi va yana bir yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Fojia sababli “Lester”ning “Sautgempton” va “Feyyenoord” bilan o‘yinlari boshqa sanaga ko‘chirilgan.

 

Top