Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: toliblar Afg‘onistonda ilgarigidan ko‘proq hududni nazorat qilmoqda
"Tolibon" harakati keyingi uch yil davomida Afg‘onistondagi ta'sir hududini kengaytirdi va ayni paytda 2001 yildan buyon nazorat qilib kelganiga nisbatan kattaroq hududni nazorat qilmoqda.
Bu haqda CNN telekompaniyasi Afg‘onistonda tiklash masalalari bo‘yicha AQSh hukumatining maxsus bosh nazoratchisi ma'ruzasiga tayanib xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, bugungi kunda mamlakatning 55,5%i afg‘on hukumati nazoratida yoki ta'siri ostida. Bu 2015 yildan buyon eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.
Uch yil avval Qobul mamlakatdagi tumanlarning 72%ini nazorat qilgan, toliblar esa 7%ini, 21%i esa bahsli hisoblangan. Hozirda esa toliblar Afg‘onistondagi tumanlarning 12,5%ini nazorat qilmoqda.
Ma'ruzada shuningdek, toliblarning faolligi o‘sgani va buning natijasida tinch aholi orasida qurbonlar soni oshgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026