Light | 21:43 / 01.11.2018
32831
5 daqiqa o‘qiladi

Kuchsiz shaxs qodir bo‘lmagan 5 jihat

Kechirim so‘rash, yordam so‘rab murojaat qilish, samimiy bo‘lish. Bularning bariga faqat haqiqatan ham kuchli bo‘lgan kishilargina qodir.

Quyidagi so‘zlar hind inqilobchisi Maxatma Gandiga tegishli: “Kechira olish qobiliyati – kuchlilarga xos. Kuchsizlar hech qachon kechirishmaydi”.

Odamlarni kuchli va kuchsizlarga ajratish o‘rinsiz ko‘rinishi mumkin. Axir baholashning aniq mezonini belgilash imkonsiz. Biroq taxmin qilish mumkin.

Kuchsiz odam – baxtli bo‘lish qo‘lidan kelmaydigan odam. U qo‘rquvga to‘la, mas'uliyatdan qochadi va o‘tmish xatolari bilan yashaydi. Bu kuchlilarga xos emas. Kuchlilar faqat bir narsani istaydi – o‘zi va yaqinlari uchun hayotni baxtga to‘ldirish.

Bu ikki guruhning umumiy jihatlari kam, biroq tafovutlar talaygina. Ulardan ko‘pchiligi kuchsiz kishi qodir bo‘lgan hayot va amallarga borib taqaladi. Hozir ana shu omillar haqida so‘z yuritamiz.

Foto: Unsplash

1. Uzr so‘rash

Kechirim so‘rash – noqulay. Buni bajarish uchun o‘zimizning nohaq ekanimizni tan olishga to‘g‘ri keladi. Bu esa nafsoniyatimizga tegadi. Biroq o‘zini yengib, kechirim so‘rashga muvaffaq bo‘lganlar xotirjamlik va ruhiyat quvvatiga ega bo‘lishadi.

Buning sababi shundaki, odam yetkazayotgan og‘riq izsiz yo‘qolmaydi. Bu har ikkala tomon uchun ham to‘g‘ri.

Uzr so‘rashdan qo‘rqmang.

Bu bizni boshqalar nazarida “inson”ga aylantiradi.

2. Yordam so‘rash

Yordam so‘rash ham uzr so‘rash kabi mushkul. Bu bandlar bir-biriga bog‘liq. Iltimos kishini muammoni qanday hal qilishni o‘zi bilmasligini tan olishga majbur qiladi. Biroq agar noto‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lsak, bizni yo‘naltira oladigan kishilardan yordam so‘rashimiz lozim.

Gap bu masala bilan kimga murojaat qilishda. Agar foydali maslahat olishni istasangiz, ishning ustasiga yuzlaning. Agar shubhalar xavotirga solayotgan bo‘lsa, hikoyangizni tinglaydigan yaqin kishiga ayting. Balki, birgalikda yechim toparsiz.

Foto: Unsplash

3. Optimistlik

“Yo‘llar, osmon, odamlarning yuzi bari - kulrang”, - deya shahar manzarasini tasvirlaydi ko‘pchilik. Samimiy tabassumli kishilarni ko‘p uchratmaymiz.

Optimistik ruh  - osonlik bilan berilmaydi. Shuning uchun ham hayotga bunday qarash faqat kuchli kishilardagina bo‘ladi.

Ularning siri yaxshi kayfiyat tirgagida. Bunday tirgakka ega bo‘lish uchun o‘zingizga “Meni nima baxtli qiladi?” qabilidagi savol bering.

Kuchli kishining kuchsiz odamdan asosiy farqi -  umid hissi kuchlilarda doim mavjud.

4. Samimiylik

Odamlar samimiy bo‘lishga intiladilar. Ular o‘z qo‘rquvlari, xavotirlarini o‘zgalar bilan o‘rtoqlashishga harakat qilishadi.

Barcha sirlarni o‘zgalarga oshkor qilish shart emas. Dastlab o‘zingiz xavotirlaringiz sabablarini tan oling. Ana undan keyin ularni kimlar bilan o‘rtoqlashishni o‘ylab ko‘ring.

Agar o‘z vaqtida samimiy bo‘lsak, juda ko‘p muammolarni bartaraf etishimiz mumkin.

Foto: Unsplash

5. Erkinlik va mas'uliyat

Faqat kuchli kishilargina erkin bo‘la oladi. Chunki erkinlik intizom va majburiyatni nazarda tutadi.

Agar erkin bo‘lishni istasangiz, qaysi majburiyatlarga amal qilishingiz, tamoyil, qadriyatlaringiz nimadan iborat ekanini aniqlab oling.Kuchsiz kishilar bunday qilishmaydi va dunyoning ta'siriga bo‘ysunishadi. Ulardan olib qo‘yilgan narsani “erkinlik” deb ataydilar.

Boshqacha qilib aytganda, erkin bo‘lish uchun o‘z qadriyatlaringizga bo‘ysunishingiz lozim.

Xulosa o‘rnida

Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyat va harakatlar uchun umumiy jihat – ularni qo‘lga kiritish va mukammallashtirish ko‘p harakat talab etmasligidadir. Uzr so‘rash uchun xudbinlikni yengish kerak. Optimistlikni saqlash uchun esa – tashqi ta'sirlarga qarshi tura olish. Erkin bo‘lish uchun  - o‘z e'tiqodiga sodiq qolish lozim.

Bu hayotda barcha qimmatli narsalar o‘z-o‘zidan kelmasligini anglatadi. Buning uchun kurashish va biror narsani qurbon etish talab qilinadi. Biroq o‘z ustingizda ishlashga tayyor bo‘lsangiz, natija sizni uzoq kuttirmaydi.

Mavzuga oid