O‘zbekiston | 22:16 / 02.11.2018
31775
1 daqiqa o‘qiladi

Paxta terimini 45 kgdan oshirganlar 1 litr yog‘ oladi

Toshkent viloyatida terimni 45 kgdan oshirgan paxtakorlar 1 litr yog‘ bilan rag‘batlantiriladi. Bu haqda 2 noyabr kuni videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

Toshkent viloyati hokimining aytishicha, terimchilar o‘simlik yog‘i, mavsumdagi ishlarni a'lo darajada tashkil qilgan rahbarlar esa xizmat mashinasi bilan rag‘batlantiriladi. Yig‘ilishda ta'kidlangan rag‘bat 45 kg paxta uchun beriladimi, yo 45kgdan oshiq paxta tergan ishchilargami, bu masalaga oydinlik kiritishning imkoni bo‘lmadi. 

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida qo‘lga olingan jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov ham «yog‘ tarqatilishi» masalasi muhokama etilayotgan majlisda muammoga uchragani aytilgandi.

Mavzuga oid