Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining barcha tuman va shahar hokimlari jazoga tortildi
2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent viloyatidagi barcha tuman va shahar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanishi ma'lum qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligi ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi kamchiliklari tufayli 22ta tuman(shahar) hokimlari oylik maoshlarining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Toshkent viloyati hokimining ta'kidlashicha, viloyatning istalgan hududida paxta yig‘im-terim mavsumi bo‘yicha ishlar yuqori darajada tashkil etilsa, ana shu hudud hokimligi xizmat mashinalari bilan rag‘batlantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni yig‘ilishda Bosh prokurorning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi o‘rinbosari - Rashid Rahmatov lavozimiga tayinlangani aytilgandi. Ushbu tayinlov rasman 3 noyabr kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026