O‘zbekiston | 20:32 / 02.11.2018
6484
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi marta ayollarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Bugun, 2 noyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, tadbirda shu yilning 7-8 noyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya haqida ma'lumotlar taqdim etilgan.

Konferentsiya maqsadi

  • Xalqaro hamjamiyatni O‘zbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishtirish;
  • Xalqaro tajribani o‘rganish va hayotga tatbiq etish;
  • Uzoq va qisqa muddatli xalqaro loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
  • Barcha soha ayollarini tanishtirish va birlashtirish.

Kimlar ishtirok etadi?

Jahonning 30 ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol bo‘lgan ayollar ishtirok etadi. Jumladan, BMT maxsus vakili, Tashkilotning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari Natalya German, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisining gender masalalar bo‘yicha maxsus vakili Melanne Vervir, Italiyaning YeXHTdagi vakolatxonasi, maslahatchi Alessandra Skalia, Afg‘onistonning ayollar masalalari bo‘yicha vaziri Dilbar Nazariy, Ozarboyjonning oila, ayollar va bolalar masalalari bo‘yicha raisi o‘rinbosari Sadagat Gaxramanova, Butunxitoy Ayollar federatsiyasi raisi Chen Syaosya va boshqalar.

Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasining bugungi faoliyatidagi asosiy yo‘nalish va vazifalar, qo‘mitaning xalqaro hamkorlari hamda fond mablag‘laridan qanday maqsadlarda foydalanilayotganiga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar

  1. Xotin-qizlarning mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini, islohotlardagi ishtirokini ko‘p baravarga  oshirish;
  2. Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlarga yordam berish;
  3. Ayollarning bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
  4. Ayollar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularning salbiy holatlarga tushishi oldini olishga qaratilgan profilaktika.

Fond mablag‘lari qayerga sarflanmoqda?

Matbuot anjumani davomida Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larining qayerga sarflanayotganiga doir ma'lumotlarni taqdim etdi. Fond mablag‘lari quyidagi maqsadlarda sarflanmoqda:

  • Ayollarni uy-joy bilan ta'minlash;
  • Ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish;
  • Og‘ir ahvoldagi ayollarni moddiy-ma'naviy ta'minlash.

    Qo‘mitaning xalqaro hamkorlari
  • TIKA;
  • YUNISEF;
  • Fridrix Ebert xalqaro jamg‘armasi;
  • YuNIFPA;
  • BMT Taraqqiyot dasturi;
  • OTB;
  • Fransiyaning ACTED texnik hamkorlik va rivojlanish agentligi;
  • Jahon banki;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki;
  • Xalqaro migratsiya tashkiloti.

Mavzuga oid