21:58 / 03.11.2018
24959

Istanbul derbisida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

2 noyabr kuni Turkiya chempionati Istanbul derbisida «Fenerbaxche» va «Galatasaroy» klublari bellashdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Bellashuvdan so‘ng futbolchilar bir-birini qutlash o‘rniga, ommaviy mushtlashuvda ishtirok etishdi. O‘yinda 2-golni urgan «Fener» yarimhimoyachisi Jailsonning xatti-harakatlari raqiblarga yoqmadi va ular ko‘pchilik bo‘lib, unga tashlanishdi. Futbolchi ularning ta'qibidan qochib, kiyinish xonasiga yashirinishga majbur bo‘ldi.

Bungacha Jailson, hujumchi Soldado va «Galatasaroy» futbolchisi Ndiayye qizil kartaga loyiq ko‘rilgandi.

Foto: Twitter/ B/R Football
Foto: Twitter/ B/R Football
Foto: Twitter/ B/R Football
Foto: Twitter/ B/R Football

 Ayni paytda Turkiya chempionatida «Istanbul BB» peshqadamlik qilmoqda. «Galatasaroy» ikkinchi, «Fenerbaxche» 15-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid
Top