Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» so‘nggi daqiqalarda «Valyadolid» qarshiligini sindirdi
Ispaniya chempionati 11-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Real» o‘z maydonida «Valyadolid» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Santyago Solarining ilk o‘yini edi.

Muxlislar gollarni uzoq kutishdi. 83-daqiqada Vinisius zarbasidan so‘ng, Alba to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 88-daqiqada Ramos penaltini aniq amalga oshirdi.
Turnir jadvalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, «Real» 17 ochko bilan 9-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi, «Valyadolid» esa 16 ochkosi bilan 6-o‘rindan 8-o‘ringa tushib qoldi.
La Liga, 11-tur
Real Madrid – Valyadolid 2:0 (0:0, 2:0)
3 noyabr, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 1:0 – 83, avtogol Alba, 2:0 – 88, penalti Ramos.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Regilon, Odriosola, Nacho, Modrich, Kazemiro (Isko, 56), Asensio (Vinisius Junior, 73), Kroos, Beyl (Vaskes, 71), Benzema.
Valyadolid – Masip, Kalero, Alba, Martines, Antonito, Suares (Plano, 76), Michel, Toni (Verde, 69), Alkaras, Moyyano (Chop, 85), Unal.
Ogohlantirish: Asensio (45).
Mavzuga oid
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026