Jahon | 21:32 / 03.11.2018
26839
2 daqiqa o‘qiladi

«Tolibon» Moskvada muzokaralar o‘tkazadi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi

«Tolibon» harakati vakillari Moskvada 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va maxsus vakillar darajasida Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda AQSh qatori O‘zbekiston ham maslahatlashuvlarda qatnashish uchun taklif etilgan.

Afg‘onistondan mazkur tadbirga mamlakat Tinchlik oliy kengashi delegatsiyasini yuboriladi.

Bunday darajadagi xalqaro uchrashuvda ilk bor Dohadagi (Qatar) «Tolibon» harakatining siyosiy idorasi delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, «Tolibon» harakatiga 1994 yilda pushtun qabilalari orasida asos solingan. Harakat 1996dan 2011 yilgacha mamlakatning katta hududini nazorat qilgan. 2003 yilda BMT Xavfsizlik kengashi uni terrorchi tashkilot deb tan olgan.

Bundan avvalroq, 4 sentabr kuni ham Moskvada toliblar va rasmiy Kobulni yarashtirish istiqbollari muhokama qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid