Şu yilning 22 oktabrida Vazirlar Mahkamasining 850-son qarori qabul qilindi. Unda xususiy tadbirkorlar yuridik şaxs taşkil etmasdan şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Unga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlarga ayrim tadbirkorlik faoliyatlari bilan şuğullanişga ruxsat berilmaydigan böldi. Misol uçun, quriliş materiallari, sement, şifer, yoğoç va boşqa şu kabi mahsulotlar savdosi bilan şuğullanuvçilar, plastik va alyumin profillardan eşik-romlar yasovçilar, transport vositalarini yuviş xizmatini körsatuvçilar endilikda yuridik şaxs taşkil etişi talab etiladi. 

Ta'kidlaş örinliki, mazkur qarordan söng, aholining turli qatlamlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan şuğullanuvçilar orasida turli fikrlar, qaraşlar yuzaga kela boşladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvçilari hukumatning bu qarorini Özbekistonda monopoliyani qöllab-quvvatlaş borasidagi qadam sifatida baholaşdi. 

Xöş, aslida ham şundaymi, Milliy qonunçiligimizda bu boradagi işlar qanday körinişda edi?

Amaldagi qonunçilikka asosan xususiy tadbirkorlar çakana savdo, maişiy xizmat körsatiş va boşqa turdagi jami 81 ta faoliyat bilan yuridik şaxs taşkil etmasdan şuğullanişlari, bu jarayonda bir nafardan uç nafargaça xodimni yollab işlatişlari mumkin edi. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor:

- çakana savdo faoliyati bilan şuğullanganda bir nafar;
- maişiy xizmat körsatiş faoliyatilari bilan şuğullanganda uç nafargaça;
- faoliyatning boşqa turlari bilan şuğullanganda ikki nafargaça xodimni yollab işlatişiga ruxsat etilgan.

Mazkur qaror qabul qilinişidan avval, hukumat işçi guruhi olib borgan örganişlar natijalari aslida bu boradagi haqiqiy holat ayrim faoliyat turlari böyiça boşqaça vaziyat ekanini körsatgan. Bu haqda Moliya vazirligida bölib ötgan uçraşuvda Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Ravşan Nasimov söz yuritdi.

- birinçidan, xususiy tadbirkorlar quriliş materiallari, sement, şifer, yoğoç va yoğoç mahsulotlari hajmining kattaligi va vaznining oğirligi sababli uşbu mahsulotlarni transport vositalariga yuklaş, taşiş, tuşiriş, qadoqlaş, qöriqlaş va sotişni ruxsat etilgan bir nafar yollanma işçi bilan bajara olmayotganliklari sababli qonunçilikda belgilanganidan ortiqça xodimlarni yollab norasmiy işlatişga majbur bölmoqda.

- ikkinçidan, alyumin (plastik) profillardan eşik, deraza va boşqa buyumlarni tayyorlaşda yirik uskunalardan foydalanilmoqda hamda sanoat usulida amalga oşirilmoqda. Xom-aşyo materiallari va tayyor mahsulotlarni ortiş, taşiş, tuşiriş va örnatiş uçun köp işçi kuçi talab etilişi sababli xodimlarni norasmiy yollab işlatişga töğri kelmoqda.