Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda AQShga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Fars
Tehron va Eronning boshqa shaharlarida 4 noyabrda AQShga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlarda bir necha ming kishi ishtirok etmoqda.
Ta'kidlanishicha, namoyishchilar AQShga qarshi shiorlarni hayqirib, qo‘llarida AQSh prezidenti Donald Tramp mazax qilingan plakatlar ko‘tarib olishgan hamda AQSh bayroqlari va dollar banknotalarini yoqishmoqda.
Erondagi namoyishlar 1979 yilda islom inqilobi vaqtida AQShning Tehrondagi elchixonasi bosib olinishining 39 yilligida bo‘lib o‘tmoqda. O‘sha voqeada eronlik radikal talabalar 444 kun davomida 50 dan ko‘proq amerikalik diplomatni garovda ushlab turgan. O‘shanda AQSh Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgan.
3 noyabrda Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Homanaiy tvitterdagi sahifasida 40 yil ichida “Vashingtonning harbiy, iqtisodiy va axboriy adovati” mag‘lubiyatga uchraganini aytgan.
5 noyabrda AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari kuchga kiradi. Sanktsiyalar mamlakatning bank va neft sektorlarini qamrab oladi va Eron iqtisodiyotini batamom falajlashi mumkin.
Mavzuga oid
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026