20:05 / 04.11.2018
15092

OAV: 20 ming qurolli migrant YeI chegaralarini qamal qilmoqda

Alexandros Avramidis/Reuters

Xorvatiya chegaralari yaqinida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga mansub 20 mingdan ortiq migrant Yevropa Ittifoqi chegaralarini buzib o‘tish bilan tahdid solib turibdi. Bu haqda Avstriya IIVga asoslangan holda Kronen Zeitung nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu yerda to‘plangan Pokiston, Eron, Jazoir va Marokashdan kelgan migrantlarning deyarli barchasi tig‘li qurollar bilan qurollangan. Avstriya Ichki ishlari vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ular «Germaniyaga yoki Skandinaviya mamlakatlari»ga bostirib kirmoqchi.

Bosniya-Xorvatiya chegarasini qo‘riqlash uchun qo‘shimcha kuchlar tashlangan, ammo ularning kuchi ham yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan Yevropaga muhojirlar oqimi 2015 yilda boshlangandi. Qochqinlarning aksar qismini Germaniya qabul qilgan - 1,5 million kishi. Yevropaga ularning aksar qismi dengizni kechib o‘tadi. Markaziy Yevropadagi aksar mamlakatlarning siyosatchilari qochqinlarni qabul qilish kvotalarini qisqartirishni yoqlab chiqishgan.

Top