Iqtisodiyot | 16:20 / 05.11.2018
33755
2 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishi davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 6 noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 13,10 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8249,97 so‘mga yetgan.

1 yevro 1,73 so‘mga ko‘tarilib, 9392,59 so‘mni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 52 tiyinga pasaydi va 1 rubl 124,67 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi. Bu hafta dollar kursi ketma-ket 13-hafta o‘smoqda.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid