Yevropaning eng iflos shaharlari ma'lum qilindi
Tetovo (Makedoniya) Yevropaning eng iflos shaharlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib kelmoqda. Ro‘yxatdagi shaharlar indeks raqamlari bo‘yicha tartibga solingan bo‘lib, Tetovo 97,57 ball ko‘rsatkichi bilan , uning ortidan Makedoniyaning yana boshqa shahri - Skope 84,61, Italiyaning Napoli shahri esa 82,5 indeks ko‘rsatkichi bilan iflos shaharlar uchligini yakunlagan. Bu haqda Pollution Index 2018 Mid-Year hisobotida shunday deyiladi.
Ushbu ro‘yxatda Sankt-Peterburg 64,47 ball bilan 17 o‘rinni va Moskva - 63,02 ball bilan 19 o‘rinni egalladi.
Yevropaning eng toza shaharlari etib Helsinki (Finlyandiya), 13,49, Reykyavik (Islandiya), Shveytsariyaning Tsyurix shaharlari tan olingan. Shuningdek, Stokholm shahri ham (Shvetsiya) 16,62 ko‘rsatkich bilan e'tirof etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaharlar shu tarzdagi hisobotlarga kiritilmagan bo‘lsada, mamlakatda 2019 yil 1 yanvardan boshlab atrof muhitni ifloslantirish uchun kompensatsiya to‘lashning yangi tartibi amal qiladi. Yangi tartib-qoidaga muvofiq, eng kam oylik ish haqi miqdori kompaniyalarning quyidagi faoliyatlari uchun kompensatsiyani hisoblash tatbiq etiladi:
- atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari, koeffitsiyentlar va ifloslantiruvchi moddalar turini ko‘rsatgan holda;
- 1 tonna yonilg‘i yoqilg‘isini yoqib atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqishi (jismoniy shaxslardan tashqari);
- ifloslantiruvchi moddalarni suv obektlariga, yer osti va shahar kanalizatsiya tarmoqlariga oqizish;
- chiqindilarni yo‘q qilish (toksik / toksik bo‘lmagan).
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shilgan. Imzolash marosimi 2017 yil 19 aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgandi. Oradan bir yildan ortiq vaqt o‘tib, Oliy Majlis Senatida Parij bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
Parij bitimi BMT konvensiyasi doirasida atmosferadagi karbonat angidridini 2020 yilgacha kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qabul qilingan muhim hujjatdir.
Bugungi kunga kelib, 170 davlat ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan, bu esa atmosfera emissiyasini kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, xususan global temperaturani 1,5 daraja santigrat darajagacha cheklash bo‘yicha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston shartnomani imzolagan 195 davlatning biriga aylandi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 01.11.2024