Yevropadagi kiçik va örta mudofaa kompaniyalari Ukrainadagi uruş va boşqa mojarolar tufayli talab ortib borayotgan bölsa ham, innovatsiyalar va işlab çiqariş liniyalarini kengaytiriş uçun zarur bölgan moliyalaştirişga erişa olmayapti, deb xabar berdi Reuters 31 oktyabr, payşanba kuni. U önga yaqin kompaniyalar, hukumat amaldorlari va mudofaa sohasi ekspertlari bilan suhbatlaşdi va ularning barçasi Yevropa hukumatlari kiçik biznes uçun moliyalaştiriş imkoniyatlarini yaxşilaş yöllarini körib çiqişlari kerak degan fikrga kelişdi.

Hukumat mablağlaridan foydalana olmaslik, byurokratik tösiqlar va banklarning ekologik, ijtimoiy va boşqaruv (ESG) mezonlarini buziş qörquvi tufayli kredit berişni istamasligi Yevropada kiçik va örta mudofaa biznesining rivojlanişiga tösqinlik qilmoqda, deydi suhbatdoşlar. «Sönggi paytlarda mudofaa va xavfsizlik sanoati duç kelgan muammolarning aksariyati mavjud bölib qolmoqda yoki hatto yomonlaşmoqda», dedi Çexiya Mudofaa sanoati uyuşmasi prezidenti Irji Ginek Reuters agentligiga.

GFR kansleri — Hindistonga qurollar eksportini oşiriş tarafdori

Germaniya kansleri Olaf Şols huquq himoyaçilarining uşbu mamlakatdagi inson huquqlari holati hamda Hindistonning yadroviy davlatlar Pokiston va Xitoy bilan ziddiyatlari haqidagi tanqidlariga qaramay, Germaniyadan Hindistonga qurol yetkazib beriş hajmini oşiriş niyatida, deb yozadi dpa agentligi 27 oktyabr kuni.

Bir kun avval Germaniya hukumati rahbari Hindistonga uç kunlik taşrifini yakunladi. Uning natijalariga köra, Şols «Hindiston bilan qurol-yaroğ sohasida hamkorlik kelajakda yanada muhimroq rol öynaşini ta’kidladi». U mamlakatga nemis qurollarini yetkazib berişni kengaytiriş niyatini «pragmatik siyosat» va yadroviy davlatning «suvereniteti va mustaqilligini» mustahkamlaş istagi bilan izohladi.

26 oktyabr kuni Şols Germaniya harbiy-dengiz kuçlarining Frankfurt am Main ta’minot kemasida xizmat qiluvçi dengizçilar bilan uçraşdi, u hozirda Hindiston-Tinç okeani mintaqasida, Baden-Württemberg fregati bilan birga bölib turibdi.