Sport | 20:10 / 05.11.2018
7269
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» derbida «Bunyodkor» bilan durang o‘ynadi, «Paxtakor» «Buxoro» darvozasiga oltita gol urdi

Foto: KUN.UZ

Superligada bugun bo‘lib o‘tgan 3 ta uchrashuv bilan 29-turga yakun yasaldi.

Turning markaziy bahsi Toshkentdagi «Milliy» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda har ikkala jamoa ham bir martadan hisobda orqada borib, muvozanatni tiklashga erishdi. Dastlab Marat Bikmayev 40-daqiqada hisobni ochdi, oradan hech qancha vaqt o‘tmay Aziz Haydarov gol kiritib, ikkinchi bo‘lim ham teng hisob bilan boshlanishini ta'minladi. Ikkinchi 45 daqiqalikda mezbonlardan Sardor Sobirxo‘jayev, «temiryo‘lchilar»dan Oleg Zoteyev raqib darvozasini ishg‘ol etdi, natijada yakuniy hisob 2:2 ko‘rinishini oldi.

Chempionlik uchun kurashda «Lokomotiv»ning asosiy raqibi «Paxtakor» bu turda «Buxoro» maydoniga safar qilib, yirik 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Quyi oltilikda jon saqlab qolish uchun kurashayotgan «Qo‘qon-1912» «Qizilqum»ni mag‘lub etdi, ammo bu 4-o‘rindan yuqorilashi uchun kamlik qildi.

Superliga, 29-tur
5 noyabr
BUNYoDKOR — LOKOMOTIV – 2:2 (1:1)
Gollar: Aziz Haydarov (42), Sardor Sobirxo‘jayev (66) – Marat Bikmayev (40), Oleg Zoteyev (81)
Hakamlar: Zokir Qodirov, Timur Galeyev, Aleksandr Sidorov, Farrux Yansupov.

QO‘QON-1912 — QIZILQUM – 2:1 (1:1)
Gollar: Murod Holmuhammedov (45), Jasur Hakimov (77) – Ivan Nagayev (21)
Hakamlar:  Hasan Ro‘ziyev, Mo‘min Majidov, Rasul Fozilov, G‘ayrat Jo‘rayev.

BUXORO – PAXTAKOR – 2:6
Gollar: To‘rayev (61), Shixov (73) – Cheran (3), Gonsalvesh (35, 40), Bezerra (60), Sayfiyev (77), Iskanderov (90+4)
Hakamlar: Vladislav Tseytlin, Rishat Nug‘monov, Doniyor Saylavov, Komil Rasulov.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid