Sport | 23:34 / 05.11.2018
17612
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Chempionlar Ligasining O‘zbekistondan ikkinchi ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi

Toshkentning «Lokomotiv» klubi Superliga doirasida «Bunyodkor» bilan bellashib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Natijada, chempionat yakunlanishiga 3 tur qolganida «temiryo‘lchilar» Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ayni paytda «Lokomotiv» hisobida 37 ochko bor va jamoa keyingi o‘yinlar qanday hisob bilan yakunlanishidan qat'i nazar, 2-o‘rindan pastga tushib ketmaydi. 

2019 yili O‘zbekiston uchun OChL yo‘llanmalari «1+2» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar «Lokomotiv» chempionlikni qo‘lga kiritsa, Chempionlar ligasini guruh bosqichidan boshlaydi, aks holda  saralash bosqichida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliqning OKMK klubi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritib, OChL yo‘llanmasiga ega bo‘lgan edi. Yana bir yo‘llanma uchun «Paxtakor», «Navbahor» va «Bunyodkor» klublari kurashmoqda.

Mavzuga oid