Ispaniya AQShning Eron bo‘yicha ultimatumini qabul qilishdan bosh tortdi
Ispaniya AQShning Eron bo‘yicha ultimatumini qabul qilishdan bosh tortadi va Eron yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar rejasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Bu haqda Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel aytib o‘tdi.
“Biz, albatta, AQSh bilan siyosiy va boshqa ko‘rinishdagi yaxshi munosabatlardan manfaatdormiz va shubhasiz, u bizning muhim hamkor, biroq Yevropa Ittifoqi va jumladan, Ispaniya o‘z siyosiy yo‘nalishini olib boradi va Eron bilan yadroviy kelishuvga amal qilish uchun barcha imkoni bor ishni qiladi”, deb aytgan Borrel 6 noyabrda Madridda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan birgalikdagi matbuot anjumanda.
Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi va jumladan, Ispaniya AQShning Eronga nisbatan qarori bo‘yicha keskin fikr bildirgan.
“Yevropa Ittifoqi yadroviy kelishuv doirasida Eron bilan ishlash va investitsiyalar kiritishni davom ettira olishi uchun harakatlar rejasini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytgan Borrel.
“Bizda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Eron bu kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarmoqda va AQSh bu kelishuvdan voz kechish uchun hech qanday asos va sababga ega emas”, deb qo‘shimcha qilgan Ispaniya tashqi ishlar vaziri.
“Shu sababli men “sen biz bilan yoki bizga qarshisan” deyishim kerakligi boshqa zamonlarga tegishli. Ispaniya bunday bayonot qabul qilishi kerak emas”, deb ta'kidlab o‘tgan Borrel.
5 noyabrda AQShning Eron bilan kelishuvgacha amal qilgan sanksiyalari yana kuchga kirdi. Bu sanksiyalar nafaqat Tehronga, balki eronlik hamkorlar bilan ishchi aloqalarni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar va xorijiy kompaniyalarga ham qarshi qaratilgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
21:44 / 12.11.2024