Sayyoramizning eng aniq massasi ma'lum qilindi
Parij Didro universiteti astrofiziklari sayyoramiz va sayyoralar yadrolari massasini o‘lchashning yangi usulini qo‘llashdi. Buning uchun tadqiqotchilar sayyoramizga koinotdan beto‘xtov hujum qiluvchi kosmik zarralar – neytrinoni qo‘llashga qaror qilishgan.
Olimlar sayyoramizni kosmik nurlar bilan skanerlash natijasida Yerning to‘liq massasi 5,972Ye24 kilogrammni, ya'ni 5 972 000 000 000 000 000 000 (5972 sekstillion) tonnani tashkil qilishi haqidagi xulosaga kelishdi.
Endi olimlar ushbu usulni boshqa samo jismlarining ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun qo‘llashmoqchi. Navbatdagi tajribada olimlar Yerning yadrosi o‘lchamlarini aniqlashmoqchi. Ayni vaqtda yadroning og‘irligi 1,932•1024 kgni tashkil qiladi, biroq yadroning aniq geologik va kimyoviy xossalari fanga ma'lum emas.
Ta'kidlanishicha, sayyoramiz massasi har yil oshib boradi. Bunga esa har yili Yer sirtini 30 ming tonna miqdorda qoplovchi koinot changi sababdir.
Mavzuga oid
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?
11:21 / 23.09.2024
Yer “ikkinchi Oy”ga ega bo‘ladi, faqat bu vaqtincha davom etadi
22:22 / 11.03.2024