Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jeenbekovning traktori bor, Atamboyev esa millioner - qirg‘iz amaldorlari deklaratsiya topshirishdi
Foto: 24.kg
Qirg‘iziston davlat soliq xizmati yagona soliq deklaratsiyasi topshirgan davlat va mahalliy xizmatchilarning daromadlari, xarajatlari va mulklari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qila boshladi, deb yozadi 24.kg.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 2017 yildagi daromadlari 890 ming 994,19 qirg‘iz so‘miga teng bo‘lgan (bu qariyb 12800 AQSh dollarini tashkil etadi). Prezidentning ixtiyorida maydoni 160 kv.m bo‘lgan uy, 60 kv.m maydonga ega dala hovli bor. Bundan tashqari u 61,45 gektar yer va MTZ-80 traktoriga ega.
Prezidentning yaqin qarindoshlari 3,7 million so‘m (48900 dollar) ishlab topishgan. Ularning 64 kv.m yuzaga ega kvartirasi va “Leksus 470” avtomobili hamda 20,6 gektar yeri bor.
Deklaratsiyada Jeenbekovlar oilasi 2017 yilda qancha xarajat qilishgani ko‘rsatib o‘tilmagan.
Sobiq prezident Almazbek Atamboyev 2017 yildda 100 million 118 ming so‘m (1 mln 440 ming AQSh dollari) ishlab topgan.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan 12 oy ichida deklarant 77 million so‘m (1 mln 107 ming dollar) sarflagan. Atamboyevning yaqin qarindoshlarining daromadlari o‘tgan yil ichida 738 ming 331 so‘m (10600 dollar) ni tashkil etgan. Almazbek Atamboyevning xususiy mulklari ichida qishloq xo‘jaligi yerlari va qurilmalar bor.
Almazbek Atamboyevning deklaratsiyada qayd etilgan mulklariga uning qarindoshi Saidbek Atamboyev yuz foiz egalik qilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ham nizom jamg‘armasini tasarruf etish huquqi bilan unga rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
11:05 / 20.02.2026
Soliq xizmati xodimlarining daromad va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimi ishlab chiqildi
14:10 / 29.12.2025
Rossiyada yangi tartib: Putin amaldorlar deklaratsiyasini o‘zgartirdi
15:36 / 15.12.2025