Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqiladigan yangi modellar yagona shassida bo‘ladi
GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan yangi modellar, rusumi qanday bo‘lishidan qat'i nazar yagona platforma negizida barpo etiladi. «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov shu haqda ma'lum qildi.
U, KUN.UZ muxbiri savoliga javob berar ekan, 2018 yilda Matiz, Orlando va Captiva avtomobillari konveyerdan olinganini ta'kidlab, Lacetti (Gentra) hamon ishlab chiqarilayotganini bildirdi.
“Lacetti ishlab chiqarish jarayoni saqlanib qoladi. Hozirgi kunda, biz Matiz, Orlando va Captiva modellarini ishlab chiqarishdan olganmiz. Chunki, bu masala hamkorimiz – GM kompaniyasining modellar chizig‘ini yangilash bilan bog‘liq. 2 oydan buyon 2019-2021 yillardagi modellar liniyasining konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu ish yil oxirigacha yakunlanganidan so‘ng, kelgusida qanday modellar ishlab chiqarilishi aniq bo‘ladi.
Ta'kidlashim mumkinki, ularning barchasi tubdan yangi mashinalar bo‘ladi. Ammo ular bitta – yagona platformada, turli kuzov va hakozolarda ishlab chiqiladi. Bu esa, avtomobil tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishga olib keladi”, - dedi Umidjon Salimov.
Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
15:26 / 10.07.2024