Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning sovuq urushdan keyingi eng yirik mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi
7 noyabrda Norvegiyada NATOning sovuq urushdan keyingi eng yirik mashg‘ulotlari Trident Juncture o‘z yakuniga yetdi. NATO rahbariyatining fikricha, mashg‘ulotlar juda muvaffaqiyatli o‘tgan.
“Biz bu yerda ko‘p narsani o‘rgandik”, deb aytgan AQSh admirali Jyeyms Foggo.
O‘z navbatida, Norvegiya bosh shtabi boshlig‘i Xokon Bruun-Xanssen harbiylar mashg‘ulotlarda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishgani va “astoydil ishlashganini” ta'kidlab o‘tgan.
Trident Juncture 25 oktabrdan 7 noyabrgacha Norvegiya hududi, Boltiq dengizi va shimoliy Atlantikada o‘tgan. Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan 50 ming harbiydan 10 mingini bundesver askarlari va zobitlari tashkil qilgan. Bundan tashqari, manyovrlarda 150 ga yaqin samolyot va 60 kema ishtirok etgan.
NATO bu mashg‘ulotlarni 1991 yildan beri eng yirigi deb atagan. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning aytishicha, mashg‘ulotlar Rossiya yoki boshqa biror davlatga qarshi qaratilmagan, u mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, NATOning o‘z a'zolaridan biriga qurolli hujum qilinishiga javobni imitatsiya qiladi.
Mavzuga oid
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
19:44 / 25.04.2026