Odil Ahmedov Xitoy chempioniga aylandi
Bugun Xitoy Superligasida 29-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Shanxay SIPG» ushbu turda Pekinning «Renhe» klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda hisob 20-daqiqada Ahmedov tomonidan ochildi.
Ushbu gol Odilning mavsumdagi ilk goli bo‘ldi. U 64-daqiqada zaxiraga olindi.
Ushbu bahs bilan parallel ravishda shanxayliklarning jadvaldagi eng yaqin ta'qibchisi «Guanchjou Evergrand» Chongkingda ayni nomdagi jamoa mehmoni bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi (0:2). Natijada chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Ahmedov jamoasi chempionlik masalasini hal qildi.
30 yoshli yarimhimoyachi mavsum davomida «Shanxay SIPG»ning Superligadagi 19 ta o‘yinida qatnashib, ularning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘rtacha hisobda 87 daqiqadan to‘p surdi. U bugungi golini urgunga qadar 3 ta samarali pas muallifi bo‘lgan edi.
Youtube'da ko‘rish
Mover.uz'da ko‘rish
Mavzuga oid
11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi
23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi
19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
19:01 / 18.12.2021