Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya iqtisodiyotining bosh muammolari ma'lum qilindi
Rossiya hisob palatasi rahbari va sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiyada 2018 yil yakunlariga ko‘ra iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulotning 1 foizidan oshishiga shubha bildirdi. U bunday fikrni Rossiya davlat dumasidagi chiqishida bildirgan.
Kudrinning fikricha, Rossiya iqtisodiyotini tormozlayotgan bosh sabablardan biri qo‘shilgan qiymatga soliqning oshirilishi, uy-joy qurilishining yangi tizimiga o‘tish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi hisoblanadi.
Kudrinning aytishicha, iqtisodiy o‘sishni tormozlovchi yana bir muammo benzin bozoridagi vaziyat hisoblanadi. Bu bozorda neftchilar va davlat bilan kelishuvga kelingandan keyin ham benzin narxi oshishda davom etmoqda.
Kudrinning tan olishicha, hukumat dastlab aholining real daromadlari o‘sishini kutgan, biroq endi prognozlar iqtisodiy o‘sish umuman bo‘lmasligini yoki yana pasayib ketishini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026