Sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tuzilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullangan.
Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
A) Quyidagi miqdorlarda ajratiladigan ajratmalar:
- davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pullik asosda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari xizmatlari uchun tushumlar miqdorining 2 foizi;
- oliy tibbiyot ta'lim muassasalari hisob varaqlarida jamlanadigan pullik o‘qish kontraktlari bo‘yicha tushumlar miqdorining 5 foizi;
- oliy tibbiyot ta'lim muassasalari hisob varaqlarida jamlanadigan o‘qish kontraktlarining oshirilgan stavkasi bo‘yicha tushumlar miqdorining 10 foizi;
- farmatsevtika va tibbiyot faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar olish uchun talabgorlar tomonidan to‘lanadigan davlat bojlari tizimidagi tushumlar miqdorining 20 foizi;
B) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
V) Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
G) Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
- sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini mukofotlar, moddiy yordam, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning boshqa turlari ko‘rinishida moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek, ularga sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga haq to‘lash;
- uy-joy bilan ta'minlashni yaxshilashga sarflanadigan xarajatlarni, shu jumladan, sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning tibbiyot xodimlari uchun uy-joylar qurishni tashkil etish orqali moliyalashtirish;
- sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot o‘tkazishini, shu jumladan, ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflari, O‘zbekiston hududidan tashqarida o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
- sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar xarid qilish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini ta'minlab turish;
- xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
- oliy tibbiyot ta'lim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar to‘lashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
- sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga doir tadbirlar.
Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan foizlar tarzida olingan daromadlar soliqlarning barcha turlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga boshqa majburiy to‘lovlardan 2021 yil 1 noyabrgacha ozod qilinadi.
Mavzuga oid
08:40 / 18.09.2024
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
07:53 / 06.08.2024
Adenauer jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi
09:52 / 19.07.2024
Rossiyada Karnegi jamg‘armasi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
08:42 / 20.06.2024