Konrad Adenauer nomidagi nemis jamğarmasi (Konrad-Adenauer-Stiftung e.V.) Rossiyada «nomaqbul» taşkilot sifatida tan olindi. Bu haqda 5 avgust, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasining rasmiy vakili Andrey Ivanov ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, jamğarma «Rossiya Federatsiyasi rahbariyatini, uning içki va taşqi siyosatini, huquqni muhofaza qiliş organlari va sud tizimini obrösizlantiradigan materiallarni tarqatadi». Rossiya rasmiysi ta’kidlaganidek, «oçiq-oydin provokatsion xarakterga ega bölgan jamğarma faoliyati Rossiya va Ğarb davlatlari örtasidagi munosabatlarni çigallaştiriş, Rossiya Federatsiyasining xalqaro maydonda siyosiy va iqtisodiy yakkalanişi uçun şart-şaroit yaratiş va faollaştirişga qaratilgan».

«Rossiya repressiyani kuçaytirmoqda»

2022 yil fevralida Ukrainaga keng kölamli hujum boşlanganidan köp ötmay, Rossiya hukumati bir qator taniqli xalqaro taşkilotlar, jumladan, Germaniya partiya fondlari vakolatxonalarining ofislarini yopdi.

«Biz Rossiya Ukrainaga kirganidan söng, Rossiyadagi işimizni darhol töxtatdik va boşqa barça nemis siyosiy jamğarmalari singari öşandan beri mamlakatda yöqmiz», dedi duşanba kuni Berlinda Adenauer jamğarmasi vakili AFP’ga. Uning sözlariga köra, Rossiya rasmiylarining maqsadi aniq va mamlakat içiga yönaltirilgan: «Rossiya rejimi repressiyalarni kuçaytirmoqda, öz fuqarolarini qörqitmoqçi, ularni erkin va demokratik ğoyalardan ajratib qöymoqçi».

Konrad Adenauer fondi dunyo böylab 111 ta vakolatxonaga ega. Uning maqsadlari sifatida liberal demokratiya va ijtimoiy bozor iqtisodiyoti, tinçlik va erkinlik, transatlantik munosabatlar va Yevropa birligini tarğib qiliş körsatilgan. Jamğarmaning vakolatxonasi Rossiyada 1990 yildan beri faoliyat körsatmoqda. «Jamğarma rus va nemis siyosatçilari va ekspertlar hamjamiyati örtasida konstruktiv fikr almaşiş uçun platforma bölib xizmat qiladi, keng ma’noda jamğarma Germaniya va Rossiya jamiyatlari örtasidagi boğlovçi böğindir», deyiladi taşkilot saytida.

Rossiyada «nomaqbul» taşkilotlar

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan keyin Rossiyada «nomaqbul» taşkilotlar soni keskin ösişni boşladi. Jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, 2022 yilda Rossiya hukumati 23 taşkilotni «nomaqbul» taşkilot deb tan olgan, 2023 yilda – 58 ta. 

Rossiya qonunçiligida 2015 yildan beri «nomaqbul» taşkilotlar maqomi qonuniy ravişda mavjud. Ularga Rossiya Federatsiyasi hududida ma’muriy va jinoiy javobgarlik tahdidi ostida faoliyat yuritiş taqiqlanadi. Uşbu taşkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan. 2024 yil iyul oyida Davlat dumasi tegişli qonunni kuçaytirdi. Har qanday «nomaqbul» taşkilotning faoliyatida iştirok etganlik uçun rossiyaliklar 500 ming rublgaça jarima yoki 4 yilgaça qamoq, uning faoliyatini taşkil etganlik uçun esa 6 yilgaça qamoq bilan jazolanişi mumkin.