Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarini moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaning maqsad va vazifasi – Özbekiston prezidenti farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş hamda budjet muassasalari va taşkilotlarida moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi budjet hisobidan pul bilan ta’minlanuvçi muassasalar va taşkilotlarning öz xodimlarini rağbatlantiriş maqsadida taşkil qilinadi.

Uşbu qaror loyihasi orqali moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasidan budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlari mehnatini moddiy rağbatlantiriş nazarda tutilmoqda.

Maxsus jamğarmani taşkil etiş ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq taşkil etilgan vazirlik va idoralarning amaldagi jamğarma va maxsus hisobvaraqlarini bekor qilmaydi.

Budjet muassasalari va taşkilotlari (tibbiyot muassasalari va barça turdagi umumta’lim maktablaridan taşqari) xodimlarini moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi respublikadagi budjet muassasalari va taşkilotlarida mehnatga haq tölaş jamğarmasining 15 foizi miqdorida taşkil etiladi.

Mazkur band budjet taşkilotlari uçun moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi böyiça belgilangan foiz miqdorlarini alohida normativ-huquqiy hujjatlarda körsatilganlari uçun tatbiq etilmaydi.

Qarorning qabul qilinişi Özbekiston davlat budjetidan qöşimça xarajatlar ajratilişini talab etmaydi.