Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi dast ko‘tarishda jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
8 noyabr kuni musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Akbar Jo‘rayev chiqish qildi. U dast ko‘tarish bo‘yicha bahslarda uchta urinish yakuniga ko‘ra 180 kg. tosh ko‘tardi va jahon rekordini yangiladi.
Shu tariqa, Jo‘rayev dast ko‘tarish yakuniga ko‘ra oltin medalga ega chiqdi. Unda shuningdek, siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra medal qo‘lga kiritish imkoniyatlari ham bor.
Bundan avvalroq, -67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kg., siltab ko‘tarishda 180 kg. tosh ko‘tardi va umumiy hisobda 319 kg. natija ko‘rsatgan va kumush medal bilan taqdirlangandi.
Mavzuga oid
07:32 / 11.10.2025
Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi
12:10 / 19.09.2025
Jahon chempionlariga avtomobil va pul mukofotlari topshirildi
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
20:45 / 15.03.2024