«O‘zmetkombinat» obektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasi «O‘zmetkombinat» AJning investitsion loyihalarini amalga oshirish va obektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjatda bildirilishicha, «O‘zmetkombinat» AJ tomonidan sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obektlar, shuningdek, foydalanilmayotgan yer uchastkalari inventarizatsiya qilinganligi hamda kelgusida ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlangan.
Qaror bilan «O‘zmetkombinat» AJning bo‘sh turgan maydonlarida, shuningdek, sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obektlari negizida 2018-2022 yillarda amalga oshiriladigan investitsion loyihalar ro‘yxati, ochiq savdolar orqali xususiy mulk etib sotiladigan, sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obektlari ro‘yxati va «O‘zmetkombinat» AJning Jizzax viloyati hokimligiga to‘lovlarsiz beriladigan foydalanilmayotgan yer uchastkalari va asosiy vositalari ro‘yxati ma'qullandi.
Hujjatda beriladigan obektlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan yer uchastkalari va asosiy vositalarni bir oy muddatda Jizzax viloyati hokimligiga qoldiq qiymati bo‘yicha tekin berilishi hamda Jizzax viloyati hokimligi beriladigan obektlar ro‘yxatidagi yer uchastkalarining kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun salohiyatli investorlarga berilishini ta'minlashi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, «O‘zmetkombinat» AJning «Metallurg» pansionatiga tutashgan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining, Bakacho‘l qishlog‘i hududida joylashgan 1 ga yer maydoni undagi inshootlar bilan birgalikda, davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga, baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narx bo‘yicha kelgusida «O‘zmetkombinat» AJ xodimlari uchun zamonaviy dam olish zonasi tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va zarur infratuzilma yaratish maqsadida «O‘zmetkombinat» AJning ustav kapitaliga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:21 / 17.10.2024
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
20:07 / 09.01.2024
Investitsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:00 / 07.07.2022
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va qurilish tashkilotlari rahbarlari diqqatiga!
17:00 / 03.05.2022